Toshkent Gumanitar Fanlar Universiteti

Toshkent gumanitar fanlar universiteti (qisqartmasi: TGFU; rus tilida: Ташкентский университет гуманитарных наук (ТУГН); inglizcha: Tashkent University of Human Sciences (TUHS); xitoycha: 塔什干人文科学大学(人科大) 2022-yil dekabr oyida tashkil etilgan.

U O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biridir.

Universitetimiz talabalar ta’lim toifalari akademik ta’lim va akademik bo’lmagan ta’limni o‘z ichiga oladi. Akademik ta’lim bakalavriat va magistraturalarni o‘z ichiga oladi; akademik bo‘lmagan ta’limga ingliz, xitoy, koreys, rus tillari kurslari, turli qisqa muddatli o‘quv kurslari kiradi. To‘rt yillik bakalavriat yo‘nalishlari uchun tayanch o‘quv muddati 4 yil, sirtqi ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yildir. Oddiy magistraturada o‘qishning asosiy muddati 2 yil.

Hozirda boshlang‘ich ta’lim, pedagogika va psixologiya, tilshunoslik va chet tillarini o‘qitish, buxgalteriya hisobi va audit, turizm menejmenti, iqtisodiyotni boshqarish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya, axborot tizimlari va texnologiyalari, logistika, marketing kabi 23 ta bakalavriat yo‘nalishlari va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.

Universitetda hozirda ingliz, xitoy, rus, arab, koreys, nemis, ispan, fransuz va boshqa xorijiy tillar o‘qitilmoqda. Kelgusida alohida ingliz tili, xitoy tili filologiyasi hamda tarjimonlik fakultetlari ochish rejalashtirilgan.

Toshkent gumanitar fanlar universiteti mutaxassisliklar bo‘yicha afzalliklari va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida kadrlar tayyorlashga bo‘lgan muttasil o‘sib borayotgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda chet el oliy o‘quv yurtlari bilan “milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, resurslardan umumiy foydalanish, bir-birini to‘ldiruvchi afzalliklar, o‘zaro manfaatli hamkorlik va birgalikda rivojlanish” tamoyillariga tayanib hamda xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha boshqaruv qoidalariga muvofiq o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

TGFU “tinchlik va hamkorlik, ochiqlik va bag‘rikenglik, oʻzaro o‘qib-o‘rganish, o‘zaro manfaatdorlik” asosida oliy ta’limni internatsionallashtirishga ko‘maklashish, ichki va xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, birgalikda malakali kadrlar tayyorlash va ijtimoiy, iqtisod va boshqaruv sohalarida bakalavriat yo‘nalishida talabalarni o‘qitish uchun ta’lim tizimini yaratish maqsadida hamkorlik platformasini yaratmoqda.

Universitetimiz talabalari nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham tahsil olish imkoniyatiga ega. Xususan, bakalavriat bosqichida tahsil oladigan talabalar ikkinchi kursdan keyin grant asosida chet elga o‘qishga yuboriladi. Ular o‘qishni Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Italiya va yana boshqa bir qator xorijiy mamlakatlarda davom ettirishlari mumkin.

Toshkent gumanitar fanlar universiteti ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Har yili iqtidorli talabalarni xorijdagi hamkor universitetlarga grant asosida o‘qishga yuboradi.

Har bir abituriyent universitetimizdagi o‘zi qiziqqan yo‘nalishni tanlab, qulay va zamonaviy sharoitlarda sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega. Ular o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishadilar.

Toshkent gumanitar fanlar universitetida ayni paytda 5000 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. 80 dan ortiq o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat yuritadi. Universitetning maʼmuriy binosi Toshkentda joylashgan, Toʻrtko‘l hamda Samarqand kampuslari mavjud.

Universitet qoshida ta’limni rivojlantirish fondi hamda til va madaniyat tadqiqot markazlarini ham ochilgan. Undan tashqari, universitetimizda xitoy, koreys, ingliz va rus tili tayyorlov kurslari ham bor. Ta’limni rivojlantirish fondini tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet o‘qituvchilari va talabalarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, pedagog va talabalarning ilmiy hamda ijodiy faoliyatlariga ko‘maklashish, darslik-qo‘llanmalar chop etish, stipendiyalar ajratish hamda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilish va boshqalardan iborat.

“Toshkent gumanitar fanlar universiteti Toshkent kampusi” qurilishini boshlash arafasidamiz. Mazkur o‘quv shaharchamiz hududida o‘quv binolari, kutubxona, universitet qoshidagi maktab va bolalar bog‘chasi, stadion, o‘qituvchilar va talabalar yotoqxonalari, oshxonalar, supermarket va boshqa binolar qurilishi rejalashtirilgan. Bizning asosiy maqsadimiz o‘qituvchilar uchun eng yaxshi ish muhitini va talabalar uchun eng yaxshi ta’lim muhitini yaratishdir.

Universitet jamoasi yaqin kelajakda universitetning xalqaro nufuzini oshirib, uni jahonning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritishni maqsad qilgan.

Hamkorlarimiz

Ta'lim sohasidagi hamkorlarimiz!

SAMARQAND TOSHKENT

Bog'lanish

Biz bilan bog'lanish

Manzil

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Guliston MFY, Beruniy tup koʻchasi 146-uy

2. Toshkent shahri, Yangixayot tumani, Choshtepa MFY, Choshtepa ko’chasi, 381-uy

Call center

+998 78 888-66-66

Kontrakt bo’limi

+998 97 863-88-88

Email

info@tgfu.uz

Ish kunlari

9:00 dan 20:00 gacha ish vaqti

Loading
Sizning xabaringiz yuborildi. Tashakkur!